O‘z mahsuloti, daromadi va katta maqsadlariga ega, ammo odatiy yondashuvlar doirasidan chiqib ulgurgan startaplar uchun akseleratsiya dasturi.
O‘z mahsuloti, daromadi va katta maqsadlariga ega, ammo odatiy yondashuvlar doirasidan chiqib ulgurgan startaplar uchun akseleratsiya dasturi.
OFFLINE · TOSHKENT
Ariza topshirish →

Dastur haqida

BEYOND — yangi bosqichda faoliyat yuritishga tayyor startaplar uchun dastur: sun’iy intellekt yordamida mahsulotini rivojlantirish, investorlar tilida muloqot qilish va akseleratsiya dasturini real natijalar bilan yakunlash.

01 / BEYOND

Qoliplardan tashqarida

Odatiy va xavfsiz yondashuvlardan chiqib, dadil qarorlar qabul qilish va ularni tezkor amalga oshirish.

02 / BEYOND

Chegaralardan tashqarida

O‘sishni cheklaydigan fikrlash tarzidan voz kechish.

Dastur

Beyond Accelerator / Dastur
01

Sun’iy intellekt — o‘sish vositasi

2026-yilda sun’iy intellekt yordamida mahsulotni tezkor takomillashtirish endi ustunlik emas, balki katta maqsadlarni ko‘zlagan jamoalar uchun zaruratdir.

02

Kapital — muloqot tili

Investorlar bilan muzokaralarga tayyorgarlik: moliyaviy modeldan Data Roomʼgacha. Investorlar, fondlar va biznes farishtalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa hamda bitim tuzish uchun real imkoniyat.

03

Chegarasiz fikrlash

Biz startap asoschilarini yanada katta miqyosda faoliyat yuritishga tayyorlaymiz.

Akselerator
maqsadi

Pre-seed/Seed bosqichidagi startaplarni navbatdagi investitsiya raundiga va yangi bozorlarga chiqishga tayyorlash.

Mahsulotning bozorga mosligini (Product-Market Fit) rivojlantirish
Investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik
Tezlashtirilgan o‘sish

Ishtirokchilar nima oladi?

Beyond Accelerator / Imkoniyatlar
01

MOST C-Space ish maydoni va hamjamiyatidan foydalanish imkoniyati

↗
02

Korporativ hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari

↗
03

Tajribali startap mentorlaridan individual mentorlik yordami

↗
04

Investitsiya fondlari va biznes farishtalar bilan uchrashuvlar

↗
05

Investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik bo‘yicha yordam va Accelerate Prosperity Kazakhstanʼdan investitsiya olish imkoniyati

↗
Yetakchi treker
Bota Musa

Bota Musa

Texnologik tadbirkor, mahsulotlar bo‘yicha yetakchi va startap-treker.

Muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga yordam beruvchi va startaplarni o‘z xatolaridan asrovchi mutaxassis.

01

Bilimber asoschisi va bosh direktori (EdTech, Qozog‘iston/Singapur) — 1 milliondan ortiq yuklab olish, 100 ming MAU, 4.8 reyting, $400 mingdan ortiq investitsiya jalb qilingan

02

Genvibe kompaniyasida CPO (AI SaaS, AQSH) — GenAI mahsuloti, MVP 4 oyda yaratilgan

03

Lyka kompaniyasining sobiq CPOsi (Filippin) — 10 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega ijtimoiy ilova

04

Entrepreneur First va Antler dasturlarida Founder in Residence (Singapur)

05

500 Global, Antler va EF dasturlari bitiruvchisi; Funding Breakthrough Lab mentori (San-Fransisko)

06

300 dan ortiq loyiha, 10 000 dan ortiq mentorlik soati — Startup Garage, Astana Hub, Smart City va RS Bootcamp dasturlari

07

Raqamli mahsulotlarni ishga tushirish va kengaytirish bo‘yicha 7 yildan ortiq tajriba; dizayn-fikrlash va startap-treking bo‘yicha sertifikatlangan kouch

Vaqt jadvali

Beyond Accelerator / Vaqt jadvali
01

Arizalar qabulining boshlanishi

6-oktabr
02

Dasturning boshlanishi

23-oktabr
03

Demo Day

11-dekabr

Ishtirok etish mezonlari

01

Pre-seed/Seed bosqichi

02

MVP va traksiya

03

SAFE shartnomasini imzolashga tayyorlik

Odatiy chegaralardan chiqishga tayyor startap asoschilari uchun akseleratsiya dasturi.

Ariza topshirish →